Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kambagʻallikni qisqartirishda faol nuroniylar ham hissa qo'shadi. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.

error

2024-11-27

Kambagʻallikni qisqartirishda faol nuroniylar ham hissa qo'shadi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) (https://lex.uz/en/pdfs/7236146#:~:text=%D0%8E%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%BE%D0%BD%20%D0%A0%D0%B5%D1%81%D0%BF%D1%83%D0%B1%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D1%81%D0%B8%20%D0%9F%D1%80%D0%B5%D0%B7%D0%B8%D0%B4%D0%B5%D0%BD%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B8%D0%BD%D0%B3%20%D2%9B%D0%B0%D1%80%D0%BE%D1%80%D0%B8%2C%2025.11.2024%20%D0%B9%D0%B8%D0%BB%D0%B4%D0%B0%D0%B3%D0%B8%20%D0%9F%D2%9A-405-%D1%81%D0%BE%D0%BD) qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko'ra, mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli 3 nafar faol nuroniy 5 ta kambagʻal oilaga biriktiriladi.

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

⬇️ xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

⬇️oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;

⬇️piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;

⬇️keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish.

✅Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

✅Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.