Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Y.Xudoyqulov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

error

2024-11-30

Ochiq_muloqot

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Y.Xudoyqulov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Jumladan, viloyatda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida hokim yordamchilari tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanomalari asosida, amalda

4 286 nafar fuqarolarga (18 481,1 mln. so‘m) subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Jumladan;

- 53 nafar fuqarolarga yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurib berildi;

- 113 nafar Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritilib, subsidyalari to‘lab berildi;

- 4 120 nafar fuqarolarga, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, fuqarolarga subsidiya mablag‘lari hisobidan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollari olib berildi;

Shundan;

- “Аyollar daftari”da 2 874 nafar;

- “Yoshlar daftari”da 1 246 nafar;

Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish yo‘nalishida loyiha qiymati 1 404,3 mlrd.so‘mlik 22 403 ta mikro loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 34 927 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Yanvar-oktyabr oylarida loyiha qiymati 1 166,6 mlrd.so‘mlik 19 959 ta kichik loyihalar ishga tushirilishi natijasida 31 109 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

- 4 348 ta yuridik va 8 106 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Natijada 16 802 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2023 yil

14 sentyabrdagi PQ-306 sonli qarori bo‘yicha Qarorga asosan joriy yilning o‘tgan davrida 30 930 ta ariza topshirilgan bo‘lib shundan, 7 708 ta ariza skoring natijalariga ko‘ra ijobiy xulosa berilib, 5 381 ta loyiha tashabbuskorga

536,0 mlrd.so‘mlik kredit hujjatlari tijorat bankiga topshirilgan, shundan, 4 631 ta tadbirkorlarga 409,8 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.