Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-03
Yashil makon – barqaror kelajak asosi
Yashil makon inson hayotining muhim qismi boʼlib, ekologik barqarorlikni taʼminlashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlar va oʼsimliklar nafaqat havoni tozalaydi, balki iqlim oʼzgarishini barqarorlashtirishda, tuproq eroziyasini kamaytirishda va bioxilma-xillikni saqlashda ham muhim rol oʼynaydi.
"Yashil makon" dasturi doirasida millionlab daraxtlar ekish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu nafaqat ekologik vaziyatni yaxshilaydi, balki yangi ish oʼrinlari yaratib, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Bugun Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga biriktirilgan hududda Yashil makon umummilliy harakati doirasida 500 dan ortiq manzarali va mevali koʼchatlar ekildi.
Unda sohada faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, yoshlar, koʼngillilar koʼchat va daraxtlarni ekish jarayonlarida ishtirok etishdi.
Daraxt ekish, bogʼlar tashkil etish va tabiatni asrash orqali biz kelajak avlod uchun sogʼlom muhit qoldirishimiz mumkin.