Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Monomarkazda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

error

2024-12-13

Monomarkazda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va tuman prokuraturasi hamkorligida Angor "Ishga marhamat" monomarkazi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 55 ta korxona va tashkilotlar 266 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 

Ushbu mehnat yarmarkasida 141 nafar yoshlar ishtirok etib, ularning 12 nafariga  korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 

11 nafar yoshlarga tumandagi “Ishga marhamat” monomarkazidagi kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish kurslariga yo‘llanmalar berilishi ta’minlandi. 

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 42 nafar fuqaroga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi, 2 nafar yoshga payvandlash hamda 

1 nafar yoshga zanjirli arra aparati berildi.