Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-05
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA NURONIYLAR KO‘MAKKA OTLANDI
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi mas’ullari ishtirokida (ZOOM orqali) yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni "Nuroniy" jamg‘armasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev olib bordi.
Unda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish hamda aholini daromadli mehnatga jalb qilish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari v.b Sirojiddin Boboqulov mazkur ishlarda nuroniylarning o‘rni muhim ekanligini, ayniqsa, boqimondalikni kasb qilib olgan oilalar bilan ishlashda keksalarimizning hayotiy tajribalari as qotishini ta’kidladi.