Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-11
O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida viloyat kuch tuzilmalari tomonidan orkestr sadolari ostida shahar markaziy ko‘chasi bo‘ylab harbiylar marsh yurishlari tashkil qilindi. Shuningdek, "Iceberg" ko‘ngilochar maskani yonida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr tomonidan difele namoyishlari ijro etildi.
Mazkur tadbirlar Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar shayligini namoyon etish, yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing