Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-22
Kakan mahallasidagi xonadonlarda qo‘ziqorin yetishtirilmoqda
Sho‘rchi tumanidagi “Kakan” mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida qo‘ziqorin yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘ziqorin mahsulotini yetishtirish orqali kattagina daromad topish, yaxshigina biznes qilish mumkin.
– Mahallamizdagi 5 xonadonga qo‘ziqorinning “veshenka” navini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik,– deydi hokim yordamchisi Muhammad Shoyqulov. – Bu nav juda foydali va oqsilga boy. Xaridorlari ham ko‘p. U 27-28 kunda hosilga kirib, bir oy nari-berisida to‘liq pishib yetiladi. Bitta 2 kilogramm sheluxa solingan qopga joylangan qo‘ziqorin urug‘lari o‘rtacha 10-12 kilogrammgacha hosil beradi. Afzallik tomoni, uni yil 12 oy davomida yetishtirib, yiliga 4-5 marotaba daromad olsa bo‘ladi.
Mazkur “veshenka” qo‘ziqorin navlari umuman mavsum tanlamaydigan qo‘ziqorinlar polietilen qopchalarda yetishtirilmoqda.