Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (https://api-portal.gov.uz/uploads/5a2516cd-7628-0d92-81b6-0a6418e3d49f_media_.pdf) qabul qilindi.

error

2025-01-31

(46-son, 29.01.2025-y)

📚Unga ko‘ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

✅ Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi ipak qurti urugʻchiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali taʼminlanadi.

📍Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiyaning ipakchilik sohasidagi mutaxassislari xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilinadi.

🔃 Pillachilik sohasida band boʻlgan fuqarolarning maʼlumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib boriladi. Shuningdek, ushbu platfroma orqali o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.