Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-31
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va tadbirkorlik tashabbuslari bilan tanishdi.
Shuningdek, hududdagi tadbirkorlar faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Keyingi manzilda Termiz shahri mahallalaridagi hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasi hamda moslashtirilgan birinchi qavatlarda xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini tashkil etish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalari belgilandi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing