Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-04
San’at saroyi binosida aholi murojaatlari bilan ishlash, muammo va takliflar asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Angor va Termiz tumanlari aholisi uchun ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarma boshlig‘i O.Yaqubov va tizim mas’ullari tomonidan 50 ga yaqin fuqarolarning bandlik va imtiyozli kreditlar bo‘yicha qilgan murojaatlari o‘rganildi. (https://t.me/surxonbandlik/8026?single) Shundan 18 nafar fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etildi. Shuningdek, mazkur sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Ommaviy sayyor qabullar boshqa tumanlarda ham o‘tkazish grafigi, manzil va vaqtlari bilan bo‘lib o‘tadi. (https://t.me/surxonbandlik/8023)
Ma’lumot uchun, qabullarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari", "O‘zsuvta’minoti" AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.