Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Angor tumanining Madaniyat mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

error

2025-02-04

Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun Angor tumanining Madaniyat mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida Angor tumaniga biriktirilgan Respublika ishchi guruh rahbari Farrux Umirov ishtirok etdi.

Yarmarkada 20 taga yaqin korxona va tashkilotlar 164 ta  bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Kayran va Sharq guli mahallalarida yashovchi 84 nafar fuqarolar yarmarkada ishtirok etdi.

Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarga 9 nafar fuqaro ishga qabul qilindi. 8 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganishi uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 67 nafar fuqaroga  Mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.