Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

error

2025-02-12

Mehnat yarmarkasi ishsiz fuqarolar bandligiga ko‘makchi 

Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada ishtirokchilar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Maqsad – ushbu fuqarolar bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarziga qaytarish va kelgusida qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdir.

Tadbir yakunida 4 nafar ishsiz fuqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ishlarga joylashtirildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar qiziqishlariga qarab tadbirkorlik bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularga kelgusida yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.