Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-13
Ishchi guruh Surxondaryoda
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zolari Anvarjon Nurmanov, Ra’no Astanaqulova, Xusan Yarqulov va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul xodimi Oltinoy Mamirovalar kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini naqarot-tahlil tartibida o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib hududda ayni yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
Mutasaddilar ilk manzilda Termiz tumanidagi Qaxramon mahallasidagi 3,0 gektar yer maydonida tashkil etilgan Surxondaryo tomorqachilik maktabi bilan tanishishdan boshlashdi.
Mazkur hudud Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Markaziy va tijorat banklariga biriktirilgan.