Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

shchi guruh tomonidan Angor, Qiziriq va Sherobod tumanlarida o‘rganishlar davom etdi.

error

2025-02-13

Ishchi guruh tomonidan Angor, Qiziriq va Sherobod tumanlarida o‘rganishlar davom etdi.

O‘rganish davomida Angor tumani “Bahor” MFYda yashovchi fuqaro Choriyev Davron xonadonidagi 16 sotix issiqxonada pamildori yetishtirilayotgan hamda 29 sotix parnik usulida tejamkor tomchilatib sug‘orish orqali karam mahsulotlari ekilishi jarayoni bilan tanishildi. Bir mavsumda 16 sotix  issiqxonadan 3 marta hosil olib 120 mnl so‘m daromad oladi va 29 sotix ochiq yer maydonidan 70 mnl so‘m daromad olib o‘zi bilan 4 nafar oilasidagilarning bandligini ta’minlangan.

Bahor mahallasida 20 dan ortiq logistika markazlari mavjud bo‘lib, mazkur logistika markazlarida qishloq xo‘jaligini mahsulotlarining 10 dan ziyod turi  (karam, gulkaram, daykon, qizilcha, qizil karam, brokli, pekinka, aysberg, sarimsoqpiyoz) va boshqa ko‘plab mahsulotlar eksportyor hamkorligida xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.

Shundan Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarga eksport qilinadi. Bu  markazlarda 4 ta muzlatish omborlari hamda 3 ta karzinga yashik ishlab chiqarish sexlari mavjud bo‘lib tadbirkor Jumayev Murod Omonovich tamonidan  “ Dilshod Saxovati” MCHJ korzinka yashiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 4 nafar ishchini bandligi ta’minlangan, Mazkur ishlab chiqarish sexida  bir kunda 1440 dona yashik ishlab chiqariladi (soatiga 60 dona)dan to‘g‘ri keladi, hozirgi kunda  tadbirkor xomashyoni Toshkent shahar va Qashqadaryo viloyatlaridan olib keladi. Bir kunda 1 000 000 (bir million) so‘mlik elektr energiyasi ishlatadi.

Tadbirkorning muammosi: Tadbirkorning aytishicha elektr energiyasi bir kunda 3-4 soat bo‘lmaydi,  Bu esa ishlab chiqarish sarfi kamayib olgan buyurtmalari o‘z vaqtida yetkazib berilmayapti.

Taklif: Tadbirkor ishlab chiqarish sexlari uchun boshqa bir liniya tortilsa , elektr energiyasida muammo bo‘lmasligi va ishlab chiqarish soni ko‘payib qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishini ta’kidlab o‘tdi.

Shu mahallada yashovchi kam ta’minlangan ehtiyojmand fuqaro Raxmonov Uralning uyiga borib o‘rganilganda oila, 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi hozirgi kunlik norasmiy ish bilan shug‘ullanadi, turmush o‘rtog‘i uch yoshgacha bola parvarishi bilan band, oila boshi Raxmonov Ural Abdunazarovich (un ikki barmoqli ichak) kasalligi bo‘yicha doimiy davolanishga muhtoj bo‘lganligi sabab, ijtimoiy himoyaga muhtoj kambag‘al oila ro‘yxatida turadi hozirgi kunda oilaga biriktirilgan mas’ullar: tuman “Inson ijtimoiy xizmatlar” markazi direktori (I.Mustaramov) hamda  oilaga biriktirilgan rahbarlar tomonidan, fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida  4x4 xammom hamda tandirxonasiga yopiq naves qurib berilgan qo‘shimcha daromad olishi uchun tomorqasiga ko‘chat urug‘liklar olib berilgan.