Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryoda ilg‘or tajribalar ommalashtirilmoqda.

error

2025-02-20

Surxondaryoda ilg‘or tajribalar ommalashtirilmoqda.

✅“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusidagi viloyat seminari davom etmoqda.

📍Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi seminarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov ham ishtirok etib, Termiz tumani Qahramon mahallasida joylashgan Surxondaryo tomorqa maktabi, Angor tumanidagi Bahor va Ilg‘or mahallalarida olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar bilan tanishdi.

🥦 Vazir mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish, xususan, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, eksportbop mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Ayni paytda mazkur seminar doirasida hududlardagi loyihalarni o‘rganish jarayonlari davom etmoqda.