Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusidagi seminar Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.

error

2025-02-20

Seminarda ishtirok etgan mutasaddilar hamda 77 ta og‘ir toifadagi va 30 ta namunali mahallalarning hokim yordamchilari ilk manzilda Termiz tumanidagi Qahramon mahallasidagi 3,0 gektar yer maydonida tashkil etilgan Surxondaryo tomorqachilik maktabi bilan tanishishdan boshlashdi.

Mazkur hudud Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Markaziy va tijorat banklariga biriktirilgan.

Ushbu hududda mas’ullar tomonidan ekin yerlar shudgorlandi, chizel solinib, ildizpoyali o‘tlar taroqlab yig‘ishtiriladi agrotexnologiya normalaridan kelib chiqqan holda mineral va organik o‘g‘itlar solinishi ta’minlandi. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish ishlari boshlab yuborilgan.