Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-21
Angor tumanidagi namunali mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan respublika seminari Angor tumanida davom etdi.
✅ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev boshchiligidagi mehmonlarni viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov kutib oldi.
Mehmonlar Bahor, Ilg‘or mahallalarida olib borilayotgan qishloq xojaligi sohasidagi ishlar bilan tanishdilar. Mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan, xususan, issiqxonalardan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.