Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-21
Seminar ishtirokchilari Qumqo‘rg‘on tumanida ham bo'lishdi.
Tumandagi “Uyas” MFYda Bir mahalla-bir mahsulot dasturi va tomorqa yerlaridan samarali foydalanilmoqda.
Jumladan, qatnashchilar ushbu mahalla fuqarolaridan biri Botir Nuraliyev xonadonida issiqxona faoliyati bilan tanishishdi.
Xonadonda 30 sotix issiqxona mavjud. Unda birinchi mavsumda 100 mingdan ziyod bulg‘or qalampiri, pomidor va bodring ko‘chatlari yetishtiriladi.
Ikkinchi mavsumda ushbu issiqxonada 12 ming dona yubileyni, lotta, belogor va fish bulg‘ar qalampiri navlari ekilib, ichki va tashqi bozorlarga eksport qilinadi. Bir sotix issiqxonaga o‘rtacha 300-400 dona bulg‘or qalampiri ko‘chati ekiladi. Bir dona bulg‘or qalampiridan o‘rtacha 2-3 kilogramm hosil olinadi. Bir sotix issiqxonadan o‘rtacha 800 kg, 30 sotix issiqxonadan 24 000 kg hosil olinadi. O‘rtacha 380 mln so‘m daromad topadi. Buning natijasida oilaning barcha a’zolari va mavsumiy 10-15 nafar mahllaning ayol-qizlari ishga jalb qilinib, bandligi ta’minlanadi.