Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-21
Sariosiyodagi ilg‘or tajribalar ommalashtirilmoqda
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusidagi respublika seminari tumanda faoliyat yuritib kelayotgan “Uz-Agro-Lider” MChJda davom etdi.
Unda, ko‘chatchilikni rivojlantirish, daraxt ko‘chatlarini intensiv usulda yetishtirish hamda ekologik jihatdan foydali navlarni yaratish maqsadida seminar-treningi tashkil etildi.
Tadbir davomida ko‘chatchilikda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga Sariosiyo tumanida yaratilgan ilg‘or tajriba taqdim etilib, ushbu modelni boshqa hududlarida ham keng joriy etish zarurligi qayd etildi.
Seminar ishtirokchilari, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga eng ilg‘or usullarni joriy etish texnologiyalari bilan tanishdilar.