Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-22
Qiziriq tumani “Gulobod” mahallasida tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan bugungi seminar Qiziriq tumanidagi “Gulobod” mahallasida o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimi Sherxon Allamurodov hamda sektor rahbarlari “Gulobod” mahallasida yetishtirilayotgan mahsulotlari, tomorqadan samarali foydalanish hamda ko‘chatchilik loyihalari bilan tanishdi.
Seminar doirasida mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish, xususan, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.