Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida "Ipak qurti parvarishlash va tutchilik sohasiga oid zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash" respublika o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

error

2025-02-24

Surxondaryo viloyatida "Ipak qurti parvarishlash va tutchilik sohasiga oid zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash" respublika o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. 

Bir qator professor va olimlar ishtirokida o‘tgan seminarda hududlardagi oila va xotin-qizlar bo‘limlari rahbarlari, pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi klaster, fermer xo‘jaliklar mas’ullari, kasanachi va pillakorlar qatnashdi.

Seminar qatnashchilariga pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xonadonlarga tarqatilgan pillani to‘g‘ri parvarishini yo‘lga qo‘yish, o‘rma tutzorlar tashkil qilish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, pilla yetishtirishda ipak qurtini tanlash, uni inkubatsiyadan chiqarish va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni ipak qurtini yangi agrotexnik qoidalari asosida parvarishlashga jalb qilish xususida fikr va mulohazalar bildirildi.