Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hokim yordamchilari uchun amaliy seminarning navbatdagisi Boysun tumanida

error

2025-02-28

Hokim yordamchilari uchun amaliy seminarning navbatdagisi Boysun tumanida

Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov boshchiligida tumandagi mahallalarning hokim yordamchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Jumladan, Gaza mahallasida aholi xonadonlarida tashkil etilgan daromadli issiqxonalar, chorvachilik faoliyati bilan tanishib, tajriba almashildi.

Shuningdek, ushbu seminar davomida nuroniylar va xonadon egalari tumandagi barcha mahallalarda ushbu tajribani joriy etish borasida o‘z fikr va tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” yuzasidan Surxondaryoda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish (https://t.me/surxonbandlik/8187) maqsadida ushbu seminarlarga 20-fevral kuni start berilgan edi.

Seminarlar viloyatning barcha hududlarida o‘tkaziladi. Mazkur seminarlar Qiziriq (https://t.me/surxonbandlik/8300) va Sho‘rchi (https://t.me/surxonbandlik/8358) tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.