Yangiliklar
Yangiliklar
2025-03-01
#Seminar_2025
Termiz _tumani
Prezidentimizning 2025-yil 14-fevralda "Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni asosida yer maydonlaridan samarali foydalanish, mahallalarning ixtisoslashuvi asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Shu munosabat bilan Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchilari uchun "Qahramon" mahallasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Ishtirokchilar aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan issiqxonachilik, gulchilik va ko‘chatchilik loyihalari bilan tanishdilar.
Unda mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish, "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida ishlarni rivojlantirish hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan tajriba almashildi.