Yangiliklar
Yangiliklar
2025-03-01
Bandixon tumani “Bag’rikeng” mahallasida tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Prezidentimiz tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan bugungi seminar Bandixon tumanidagi “Bag’rikeng” mahallasida o‘tkazildi.
“Bag’rikeng” mahallasida yetishtirilayotgan mahsulotlar, tomorqadan samarali foydalanish hamda ko‘chatchilik loyihalari bilan tanishildi.
Seminar doirasida mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanish, xususan, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi.