Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-04
Kambag‘allikdan farovonlik sari: 20 ta oilaga yirik shoxli qoramol berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PF-143-sonli Farmoni (https://www.lex.uz/uz/docs/-7109857) ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanining "Yangi turmush", "Uzumzor", "Neftchilar" va "Xalqobod" mahallalarida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi mas’ullariga biriktirilgan. O‘rganish natijasida 44 ta oila kambag‘allik reestriga kiritilib, ularga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Belgilangan rejaga muvofiq, bugun 20 ta oila kambag‘allik reestridan chiqarish maqsadida yirik shoxli qoramol bilan ta’minlandi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar a’zolarini ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tomorqadan samarali foydalanishga ko‘mak berilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar aholining bandligini ta’minlash va farovonligini oshirishga qaratilgan.