Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kambagʻal oilalar uchun foizsiz ssuda ajratiladi

error

2025-04-05

Kambagʻal oilalar uchun foizsiz ssuda ajratiladi


💎Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar oʻrniga foizsiz ssuda ajratiladi. (https://lex.uz/docs/7428395)


💎Mazkur ssudalar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga beriladi.


💎Fuqarolarga subsidiyaga berilgan asbob-uskuna va mehnat qurollari (tikuv mashina, elektrpech va boshqalar) Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasida foissiz ssuda asosida sotib olib beriladi.


💎Subsidiya, grant yoki ssuda olish uchun oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qilinadi.


subsidiya — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak;


ssuda — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish

va tadbirkorlikka jalb etish va uni rivojlantirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib berish sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak.