Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

✅Ishsiz fuqarolarga subsidiya (davlatga qaytarilmaydigan mablagʻ) va ssuda (foizsiz qarz) ajratish boʻyicha arizalar qabuli boshlandi❗️ Subsidiya va ssuda arizalari jismoniy shaxslardan test rejimda quyidagi 3 ta yoʻnalishda qabul qilinmoqda.

error

2025-04-06

✅Ishsiz fuqarolarga subsidiya (davlatga qaytarilmaydigan mablagʻ) va ssuda (foizsiz qarz) ajratish boʻyicha arizalar qabuli boshlandi❗️


Subsidiya va ssuda arizalari jismoniy shaxslardan test rejimda quyidagi 3 ta yoʻnalishda qabul qilinmoqda.


☑️ Urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya (1 125 000 soʻm).

☑️ Migratsiyadan kelgan shaxslarga qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ustav fondi kiritish uchun subsidiya (3 750 000 soʻm).

☑️ Kambagʻal oila aʼzolariga zarur asbob-uskunalar uchun ssuda (18 750 000 soʻm).


☑️ Mazkur mablagʻlardan foydalanish uchun asosiy talablar:


▪️ Ijtimoiy himoya reyestri yoki kambagʻal oila reyestriga kiritilgan oila egasi yoki aʼzosi boʻlish;

▪️“Ishsizlar reyestrida” ishsiz deb eʼtirof etilgan boʻlish.

👉Onlayn ariza berish (https://online-mahalla.uz/public/forms/subsidy_ssuda)