Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiruvchi 77 ta mahallada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri — Oltinsoy tumanidagi "Tog‘ay Murod" mahallasi.

error

2025-04-13

Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiruvchi 77 ta mahallada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri — Oltinsoy tumanidagi "Tog‘ay Murod" mahallasi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda qator yangi tashabbuslarga start berdi. Jumladan, 200 ta xonadonda limonchilikni yo‘lga qo‘yish masalalari o‘rganildi hamda 100 ta xonadonga tuxum yo‘nalishida 100 tadan tovuq topshirildi.  Mengul Nasriddinovaning tomorqadan manzarali daraxt va gul ko‘chatlari yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda sug‘orish tizimini yaxshilash, nasos stansiyasi o‘rnatish va ariqlarni betonlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Viloyat hokimi Xo‘jasoat mahallasida ham bo‘lib, mahalla idorasi binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi hamda mahalla yettiligining dasturlar ijrosi yuzasidan hisobotini tingladi. 

Tashrif yakunida Mingchinor mahallasining 10 gektarlik maydonida kooperatsiya asosida issiqxonalar majmuasini barpo etish ishlari boshlab yuborildi. 

Turon bankining 1,3 million dollarlik imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning o‘ziga xosligi mahalliy dehqonlarning orttirgan tajribasi asosida tejamkor usulda qurilishidir. Mazkur loyiha orqali 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.