Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga oid qaroriga asosan Surxondaryo viloyatida 77 ta mahalla tanlab olingan bo‘lib, bugun ularda olib borilgan ishlarning amaliy natijasi sifatida 68 ta mahallada sug‘orish tizimlarini yaxshilash, nasoslar o‘rnatish, quduq qazish hamda ariqlarni betonlash ishlari yakuniga yetkazildi.

error

2025-04-21

Bugun mazkur mahallalardagi loyihalar foydalanishga topshirildi. Hududlar bilan videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, nuroniylar, faollar va mas’ullar bilan muloqot qildi. Qolgan 9 ta mahallada ishlarni qisqa muddatda yakunlash topshirig‘i berildi.

Tashrif so‘ngida, Denov tumani hokimligida qurilish sohasi tadbirkorlari bilan muloqot o‘tkazilib, murojaat va takliflari tinglandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar topshirildi.