Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun, 28 - aprel — "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni".

error

2025-04-28

Bugun, 28 - aprel — "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni".

📍Bu sana butun dunyoda mehnatkashlarning salomatligi, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida umumjahon harakatlarini birlashtiradi.

⚡️Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan viloyatimizda xavfsiz va sog‘lom mehnat muhitini yaratish, mehnatkashlarning huquqlarini himoya qilish va ularning hayot sifati va farovonligini oshirish uchun izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

🔷Har bir ish joyida xavfsizlikni ta’minlash — bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki insoniy burchdir. Ish joyingizdagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiling, o‘z hayotingiz va yaqinlaringizning kelajagini himoya qiling!

Bаrchangizga sihat-salomatlik, barakali mehnat va oilaviy farovonlik tilaymiz!

Hurmat bilan,

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi