Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

error

2025-05-12

#qonunchilikdagi_yangiliklar 

👨‍🦽Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

🖋“Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.  (https://t.me/huquqiyaxborot/17955)

Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:

▫️ nogironligi boʻlgan shaxslarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;

▫️ nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;

▫️2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.

2025-yil 1-iyundan boshlab:

🔸I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi;

🔸subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;

🔸jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida koʻrsatishga ruxsat beriladi.

💻 Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.