Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryoning noyob boyligi — Xo‘jamayxona bulog‘i sizni kutmoqda! Xo‘jamayxona bulog‘i — tabiat va shifo manbai, yurtimizning mo‘jizakor manzillaridan biri sanaladi. Ushbu buloq tiniqligi, shifobaxsh xususiyatlari va betakror manzaralari bilan nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatimiz bo‘ylab kelayotgan sayyohlarni ham o‘ziga rom etmoqda.

error

2025-05-12

Surxondaryoning noyob boyligi — Xo‘jamayxona bulog‘i sizni kutmoqda!

Xo‘jamayxona bulog‘i — tabiat va shifo manbai, yurtimizning mo‘jizakor manzillaridan biri sanaladi. Ushbu buloq tiniqligi, shifobaxsh xususiyatlari va betakror manzaralari bilan nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatimiz bo‘ylab kelayotgan sayyohlarni ham o‘ziga rom etmoqda.

Tog‘lar bag‘rida joylashgan buloq suvi yilning barcha fasllarida salqin va musaffo bo‘lib, organizmga quvvat baxsh etadi. Buloqdan soniyasiga 3 kub metrgacha shifobaxsh suv oqib chiqadi. Suv ichidagi uzunligi 1 metrgacha yetadigan baliqlar buloqning yana bir mo‘jizasi bo‘lib, ularga hech kim tegmaydi — bu yerda tabiat bilan insoniyat o‘rtasidagi uyg‘unlikni yaqqol ko‘rish mumkin.

Hali to‘liq o‘rganilmagan suv g‘ori, betakror manzaralar va ma’naviy sokinlikni ulug‘lovchi muhit — bularning barchasi Xo‘jamayxonani sayyohlar uchun noyob manzilga aylantirgan.

Manzil (https://maps.app.goo.gl/gtckEZFTd4vZUzEF7)

Surxondaryo — sizni kutmoqda!