Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, yangi lavozimga tayinlangan mutaxassislar va yosh kadrlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

error

2025-05-15

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar, yangi lavozimga tayinlangan mutaxassislar va yosh kadrlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Sho'rchi tumanida tashkil etilgan ayni mavzudagi suhbat davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ularning amaliy ahamiyati, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish madaniyati haqida fikr almashildi.

Uchrashuvlar ochiq muloqot va savol-javob shaklida tashkil etildi.