Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-16
Ochiq muloqot
Ochiq muloqotda davlatimiz rahbarining “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bo‘yicha Sho‘rchi tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
-Kambag‘allikni qisqartirish, ko‘makka muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish maqsadida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida Sho‘rchi tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Yagona reyestr"da turuvchi oilalar bilan manzilli ishlar hayotga tatbiq etilmoqda, - deydi Sho‘rchi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Halima Baydullayeva.
-Xususan, ushbu dastur asosida oilalarning maktab yoshidagi farzandlariga sifatli ta’lim olishi uchun uyida sharoit yaratish maqsadida parta-stullar, kitob javoni topshirildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tomorqadan samarali foydalanishi uchun yaqindan ko‘maklashilmoqda.