Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

error

2025-05-17

Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishlardagi ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qiziriq va Bandixon tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Qiziriq tumanidagi "Kasbiy ko‘nikmalar markazi"da ishsiz xotin-qizlarni gilamchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan tanishildi. Shuningdek, "Yangi kent" mahallasidan bo‘lgan tadbirkor Matluba Alimovaning milliy hunarmandchilik — chavandozlik va tomorqachilik anjomlari tayyorlash borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish hamda hunarmand ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tashrif doirasida viloyat rahbari Qiziriq tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bandixon tumanida esa mehmonxona va milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish nuqtalari qurilishi, oilaviy korxonada mebel ishlab chiqarish hamda "Oila maktabi"da yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Loyihalarni namunaviy tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.