Yangiliklar
Yangiliklar
2023-01-27
2022 yilda “Armiyada xizmatini o'tagan fuqarolarni ish bilan ta'minlash tizimining samaradorligi” yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida
MA"LUMOT
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʼtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʼyicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish toʼgʼrisida”gi 339-son qarori bilan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Mazkur qarorga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʼtagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish boʼyicha hududiy komissiyalar tarkibi tasdiqlangan.
Hududiy kommisiyalar tomonidan tegishli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq 2022 yilda muddatli harbiy xizmatni oʼtab qaytgan shaxslarni bandligiga koʼmaklashish maqsadida tuman (shahar) hokimlarining tegishli qarorlariga asosan 20 nafardan ortiq xodim ishlovchi korxona, tashkilotlarda harbiy xizmatdan qaytgan xizmatchilar uchun 231 nafar ish oʼrinlari zaxiralangan va ushbu ish oʼrinlariga
130 nafar muddatli harbiy xizmatni oʼtab qaytgan shaxslar ishga joylashtirilgan.

Bandlik boshqarmasi va tuman (shahar) hokimliklar bilan hamkorlikda hududiy Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʼtab qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga oʼqitish, ularni tadbirkorlik faoliyati boshlashlari uchun subsidiya mablagʼlari berish yuzasidan amaliy choralar doimiy ravishda koʼrib borilmoqda.
2022 yilda viloyat boʼyicha 750 nafar fuqarolar muddatli harbiy xizmatni oʼtab zaxiraga boʼshatilgan. Shundan 55 nafari harbiy qismda xizmatni davom ettirish uchun qolgan boʼlib, 695 nafarining bandligini taʼminlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jami 425 nafarining bandligi taʼminlangan boʼlib, shundan;
-155 nafari korxona va tashkilotlardagi boʼsh ish oʼrinlariga joylashtirilgan,
- 59 nafari Huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilingan,
- 5 nafari haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan,
- 3 nafariga subsidiya ajratilgan,
- 65 nafari oʼzini-oʼzi band qilgan,
- 102 nafari oliy va 25 nafari harbiy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirgan,
- 11 nafari fuqarolar talab yuqori boʼlgan kasb-hunar yoʼnalishlari boʼyicha oʼqitish orqali bandligiga koʼmaklashilgan,
Mehnat vazirligi va Mudofaa vazirligi oʼrtasida Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʼtab qaytgan shaxslarning elektron roʼyxatlari shakllantirilib, maʼlumot almashish tizimi raqamlashtirilgan;
Tuman (shahar) Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlarida Mudofaa vazirligining hududiy boʼlimlari tomonidan taqdim etilgan manzilli roʼyxatlarga asosan, ularning bandligini taʼminlashda alohida funktsional joriy etilgan.
Bunda, bandligi taʼminlangan shaxslarni monitoring qilishning shaffof tizimi yaratilgan;
Har chorak yakuni boʼyicha ushbu toifadagi shaxslarning bandlik holati “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.