Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-17
Angor tumanida press-tur: aholi turli yo‘nalishlarda qo‘shimcha daromad topmoqda
OAV va ijtimoiy tarmoq faollari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida ishtirokchilar Madaniyat va Sharq guli mahallalalaridagi aholi xonadonlarida bo‘ldilar.
Press-tur davomida aholining tomorqadan unumli foydalanish, issiqxonada sabzavot yetishtirish, intensiv bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, shuningdek, tikuvchilik faoliyati orqali oilaviy daromadini oshirayotgani namoyon bo‘ldi.
Mahallada istiqomat qiluvchi oilalar o‘z hovlisida qo‘y, echki, mol va parrandalar boqish orqali ham oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shayotgani, ayrim xonadonlarda esa kichik tikuv syexlari tashkil etilgani qayd etildi.
Press-tur ishtirokchilari bu tajribalarni ommalashtirish muhim ekanini ta’kidlab, aholi bandligini ta’minlashda mahallalardagi shunday tashabbuslarning ahamiyati katta ekanini qayd etdilar.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing