Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-19
Mehnat yarmarkasi orqali yoshlarga 200 dan ortiq ish o‘rni taklif etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari asosida hududlardagi ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni chet tillariga o‘rgatish va bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Boysun tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va tuman Prokuraturasi tomonidan tuman 1-son Kasb-hunar maktabida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarka davomida tuman prokuroriga biriktirilgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 20 ga yaqin tashkilot ishtirok etdi va 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Yarmarka natijasida bir qator yoshlarga ishga joylashish imkoniyati yaratildi.
Bunday amaliy chora-tadbirlar yoshlarga nafaqat ish topishda, balki o‘z hayot yo‘lini topishda ham katta turtki bo‘lmoqda.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing