Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-05
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Barchangizni mo‘tabar va muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!
Ushbu qutlug‘ ayyom barchamizga fayz-u baraka, tinchlik-osoyishtalik, sog‘lik-salomatlik va ruhi poklik olib kelsin! Har bir yurtdoshimizning rizqi mo‘l, xonadoni fayzli, qalbi esa hayit shukuhi bilan nurafshon bo‘lsin.
Qurbon hayiti mehr-oqibat, sabr-toqat va saxovat kabi buyuk fazilatlarni yodga soluvchi ulug‘ ayyomdir. Shu munosabat bilan barchangizga ezgu tilaklarimni yo‘llayman — oilangizga baxt-u saodat, ishlaringizga esa muvaffaqiyat va baraka yor bo‘lsin!
Ona Vatanimiz doimo tinch, xalqimiz baxtli, Mustaqilligimiz esa abadiy va mustahkam bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Odiljon Yaqubov
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing