Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Termiz shahrida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi! 💼📊

error

2025-06-11

Termiz shahrida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi! 💼📊

“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkaning asosiy maqsadi — yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga sharoit yaratishdan iborat.

📊 Tadbir yakunlariga ko‘ra:

🔹 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

🔹 35 ta korxona va tashkilot ishtirok etdi. 

🔹 300 nafarga yaqin ishsiz va bitiruvchi yoshlar qatnashdi. 

🔹 70 nafar yosh kasb-hunarga yo‘naltirildi. 

👨‍🏫 Ish o‘rinlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

– Qurilish

– Xizmat ko‘rsatish sohasi

– Tikuvchilik va hunarmandchilik

– Qishloq xo‘jaligi

– IT va sog‘liqni saqlash