Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mehnat shartnomasi qanday maqsadlarga ko‘ra dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin?

error

2025-06-11

Mehnat shartnomasi qanday maqsadlarga ko‘ra dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin?

▫️xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirish;

▫️mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida xodim tomonidan qaror qabul qilish.

Dastlabki sinovdan o‘tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo‘lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Dastlabki sinov muddati uch oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo‘linmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi kerak.

❗️ Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qo'shilmaydi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-626062