Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ayrim bank ilovalari orqali Uzcard kartalari o‘rtasida foizsiz pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi

error

2025-06-11

Ayrim bank ilovalari orqali Uzcard kartalari o‘rtasida foizsiz pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi

O‘zbekiston Banklar Assosiatsiyasi axborot xizmati маълумотига (https://t.me/ubamatbuot/2301) ko‘ra, ba’zi tijorat banklarining mobil ilovalari orqali Uzcard kartasidan boshqa bankdagi Uzcard kartasiga foizsiz pul o‘tkazmalari amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Quyidagi bank ilovalari orqali belgilangan oylik limitlar doirasida bepul o‘tkazmalar amalga oshirilishi mumkin:

 Smartbank ilovasidan - oyiga 5 mln so‘mgacha;

Xalq bankining  “Xazna” ilovasidan - oyiga 5 mln so‘mgacha;

 O‘zSQB ilovasidan - oyiga 5 mln so‘mgacha;

MK bankining “Mavrid” ilovasidan - oyiga 5 mln so‘mgacha;

BRB  ilovasida - oyiga 5 mln so‘mgacha;

 Davr bankning ilovasidan - oyiga 3,5 mln so‘mgacha;

 O‘zmilliybank ilovasida (identifikatsiyadan o‘tish kerak) bir oyda 3 million so‘mgacha Uzkard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini foizsiz  amalga oshirish mumkin bilan tanishish tavsiya etiladi.