Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-12
Joriy yilning may–iyun oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlarq natijasida yangi saylangan mahalla raislari o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etishlari, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida hamkorlik samaradorligini oshirish, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari maqsadida o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.
Yangi saylangan mahalla raislarining o‘z faoliyatlarini yetarli bilim va malakaga ega holda boshlashlarini ta’minlash maqsadida, ularni hokim yordamchilari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha zarur bilimlar bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ul xodimi D. Normurodov o‘quv-seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, yangi saylangan mahalla raislariga hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va hamkorlik mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.