Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-18
Korrupsiyaga qarshi kurashishga – barchamiz mas’ul!
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, yangi lavozimga tayinlangan mutaxassislar, yosh kadrlar hamda boshqarma xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning mas’uliyati” mavzusida ochiq davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
📍 Muzrabot tumanida tashkil etilgan suhbatda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bo'lim bosh mutaxassisi D.Temirov ishtirok etdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va
🔹 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati,
🔹 korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish madaniyati xususida fikr almashdilar.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing