Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qumqo'rg'on tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari "Yagona ijtimoiy reestr"da ro‘yxatda turgan oilalarga dehqonchilik orqali daromad topishlari uchun ekin ekishga tayyor holda va urug‘lar bilan birga ajratish tadbiri o‘tkazildi.

error

2025-06-21

Shundan so‘ng, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida "Bobolochin" mahallasi hududida 4R-101 avtomobil yo‘lining 26-28 km oralig‘ida yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish loyihasi ko‘zdan kechirildi. Hozirda 1 kilometrga yaqin masofada do‘konlar barpo etilgan bo‘lib, loyiha sifatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. Viloyat rahbari loyihaning qolgan qismini ham qisqa muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi.

Shuningdek, "Imomtepa" mahallasida "Umidjon nur uchqun" MCHJ tomonidan tashkil etilgan ekoturizm maskani, "Azlarsoy" mahallasidagi "Sarbon Sevinch" MCHJga tegishli temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda "Beshqahramon" mahallasidagi eski bozor o‘rnida barpo etilayotgan zamonaviy Markaziy dehqon va oziq-ovqat bozori qurilishi ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida, shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi yangi loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi tashabbuskorlarga zarur tavsiyalar, mutasaddilarga loyihalarni samarali va muddatida amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.