Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

23-iyun — Davlat xizmati kuni

error

2025-06-23

23-iyun — Davlat xizmati kuni

Har yili ushbu kun dunyo miqyosida BMTning Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi. 

2003-yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya asosida joriy etilgan ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targ‘ib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini e’tirof etishga, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.

Sana munosabati bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va Vatanga sadoqati uchun minnatdorlik bildirgan. 

"Har bir davlat xizmatchisining sa’y-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish maqsadi mujassam ekanligini qadrlaymiz", deyiladi (https://t.me/argos_uz/16124) tabrikda.