Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-27
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Siz jurnalistlarni, blogerlar va jamoatchilik faollarini, sohaning jonkuyar ijodkorlarini, faxriylarini 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimi xodimlari nomidan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari mustaqilligiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, yurtimizda milliy matbuotimizni izchil rivojlantirish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va sohani taraqqiy ettirishda yanada ulug‘vorlik kasb etmoqda. Xasusan bandlik tizimida amalga oshirilayotgan jarayonlarni xalq orasida keng targ'ib qilishda esa sizning hissangiz beqiyosdir.
Qadrli soha vakillari!
Sizlarni yana bir bor bugungi sharafli kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, sizlarga sog‘lik, oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu barakot, ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat tilayman!
Hurmat bilan,
Odiljon Yaqubov