Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish” tizimi doirasida Termiz shahrida ochiq muloqot o‘tkazildi

error

2025-06-28

“Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish” tizimi doirasida Termiz shahrida ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Termiz shahrida “Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Mengliyev, faol jurnalist va blogerlar, mahalla faollari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tizimning amaldagi holati, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga oid ochiq va samimiy fikr-mulohazalar bildirildi. Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdilar.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

Telegram (http://t.me/surxonbandlik)| (http://t.me/surxonbandlik)web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)| (https://surxondaryo.mehnat.uz/)facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)