Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-30
MEDIA-TUR: Aholi bandligi va daromadini oshirish yo‘lida samarali tashabbuslar
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan media-tur doirasida ishtirokchilar Sherobod va Qiziriq tumanlari mahallalarida bo‘lishdi.
📌 Tashrif davomida hokim yordamchilari tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, tomorqadan unumli foydalanayotgan va chorvachilik orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
✅ Uchrashuvlarda hokim yordamchilari tizimi aholining bandligini ta’minlash, ularni barqaror daromad manbaiga ega qilishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
🤝 Bugun hokim yordamchilari — mahalladagi har bir fuqaro muammosiga befarq bo‘lmagan, ularning ishonchli hamrohi va maslakdoshi sifatida faoliyat yuritmoqda.
📸 Media-tur davomida fuqarolarning hayoti, tashabbuslari va muvaffaqiyatli tajribalari yoritildi.
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram| (http://t.me/surxonbandlik)web-sayt| (https://surxondaryo.mehnat.uz/)facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)