Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bandixon tumanida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirilmoqda

error

2025-07-04

Bandixon tumanida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar yetishtirilmoqda

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili qishloq xo‘jaligida sinalgan va hamisha o‘zini oqlab kelgan ushbu tartib aholining bandligini ta'minlash, yerdan samarali foydalanish, yuqori va sifatli mahsulot yetishtirish manbaidir. 

Bandixon tumani Birdamlik mahallasidagi 330 dala konturida joylashgan 8 gektar yer maydoni 8 ta lotlarga bo'linib, fuqarolarga 30 yil muddatga ijaraga berilgan. Ushbu konturga fuqarolarimiz “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida birinchi ekinga ko'kat ekib, ikkinchi ekinga yeryong'oq mahsulotlarini ekilgan.  

"Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili namunasi sifatida dehqon-mirishkorlar yagona mahsulot yetishtirishi sababli agrotexnika talablari bir xil boʻladi, xizmat koʻrsatish va sotuv jarayoni markazlashtiriladi. Natijada hosil sifati yuqori boʻladi va bozorda raqobatbardosh narxda sotiladi.